Главная » 2011 » Декабрь » 29 » Birga bo`lganmiz… “haligi ish”dan boshqa hamma narsa bo`lgandi…?!!
02:13
Birga bo`lganmiz… “haligi ish”dan boshqa hamma narsa bo`lgandi…?!!
nonadek.uzBEMANI "UMMON"DAN BIR PARCHA

Oldin shoirlarimiz qizlarga bag`ishlab juda chiroyli she`rlar yozishardi. Jumladan rahmatli Muhammad Yusufning o`zbek qizlariga bag`ishlagan she`rini erinmay o`qing-da, keyin solishtiramiz!

Bu Momo havodan ularga odat:
Ushlasa gul ushlar qo`lini faqat,
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin
O`psa faqat shamol o`par yuzlarin.
Bu Momo Havodan ularga odat:
Nozik belda qirqta kokili qavat,
Silasa yomg`irlar silaydi faqat,
Ko`rsa, faqat osmon ko`rar ko`zlarin –
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.
Jilmaysa nur yog`ar gul yonoqlardan,
Sir yashirar hatto qizg`aldoqlardan.
Oftob botgandan so`ng xilvat bog`lardan,
Behuda izlamang sira izlarin –
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin.
Ko`ngli daryodan keng, mehri ulug`vor,
Dugonasi Hayo, sinfdoshi Or.
Ayting farishtadan nima farqi bor,
Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin?..
Bardoshi oldida tog` - oddiy tuproq,
Ular etagida jannat bir qadam.
Beayb Parvardigor, degandek biroq,
Yo`q emas kichkina kamchiligi ham.
Sevadi,
Kuyadi,
Qiladi alam,
Dorga osing, ammo aytmas birovga.
Aytmay sevishini sevganiga ham,
Tegib ketaverar boshqa kuyovga!

(Oldindan aytay, bu gaplarim bilan o`zbekchilikdan chetlashish va hech qaysi guruhni yomonlash, yaxshilash niyatim ham yo`q! Bor gapni yozyapman!Ammo "avtoritet” uchun bu toifa ashulalarni aytib, yoshlarning miyasini zaharlash, axmoqlik!)
UMMOOON! Tin-tin-tin Ummon! Tin-tin-tin… Tin-tin-tin…
Naqoratigina esimda qolibdi, uzr qo`shiqni yoddan bilmayman:

Belingdan quchgim keladi,
Labindan o`pgim keladi,
Sani ma`yuslik bilan
Jazolagim keladi…

Ana! O`rganvurila! Tekin darslik. Davomini ham yozishmabdi-da, qanday qilib jazolashini!!!
Piar bo`lgan qo`shig`I keyin qaysi edi? Xiyonatmi? Bir do`stim qizi bilan urishib, ajrashishdi. Tun-u, kun shu qo`shiqni eshitadi. Sajda qilinglar endi? Oldinlari ham qo`shiq eshitardik-ku, hozir qulog`imizdan naushnik tushmaydi! Uning dardini bilish payida gap ochdim:
- Nima bo`ldi, ochiqroq ayt?
- Xiyonat qildi. Eng yaqin do`stim bilan don olishiiib yurishgan ekan…Nechta o`rtog`im aytdi "qo`y u qizni, biz nechtasi bilan ko`rdik”. Sevgi ko`zimni ko`r, qulog`imni kar qilib qo`yibdi. A`lam qilyapti! Bilasanmi, ota-onam shu qizni olib beramiza deb harakatga tushishgandi. Uyidan bir tiyin pul olmaydi. Hamma xarajatini o`zim ko`tarardim. O`zimga kiyim olsam unga ham 2-3 talab ko`ynini ko`tarish uchun ehh… ko`rilmagan kinolarimiz yo`q, bormagan cafe, restaranimiz qolmadi. Hatto…
- Nima hatto?
U bir oz sukut saqladi-da: - Birga bo`lganmiz…
- Qanaqasiga, uyalmaysanmi?!
- Yo`q, "haligi ish”dan boshqa hamma narsa bo`lgandi…
- Battar bo`l! – dedim. -Xursand bo`l uylanganingdan keyin, xiyonat qilgan joyida ushlab olmabsan! Xudoyimam vaqtida hammasiga "jirniy” nuqta qo`yishing uchun ko`zlaringni ochibdi!..
Mana sizga oddiy haqiqat! Mana, biz yoshlar qanday sevamiz yana misol beraymi? Shart emas menimcha, hammamiz bunday voqealarga ming bora amin bo`lganmiz to`g`rimi?! 2-3 kun gaplashiladi, uchrashiladi, "sevgi” kurtak yozadi, "nogoh soat 1-2da ikkinchi liniya”ga tushiladi, ana undan keyin "roman” boshlanadi… … … Kimda bu holat qanday tugaydi bilmadim-u, har xolda yaxshilik bilan tugayotganini juda kam eshityapman.
Zamonamiz talabiga mos "Xiyonat”, "Kimga uylanamiz” qo`shiqlari yangraydi-da!
Qisqa muddat ichida Dior production chiqadi. Anti-ummonchilar! Ana endi so`kadi bir-birini, otasiyam, onasiyam, yetti pushtisi go`ridan tirik turadi! Guruhga bo`linishadi kim u, kim bu taraf. Qaysi saytga kirmang, hammasida u yoki bu guruhning yoni olingan, qarshi chiqib so`kilgan! "Stirilniy-stirilniy” paxtalar…
"90% qizlar tut-tut-tut…” Statistika qo`mitasimidi bular? Yoki har bir qizning ketidan tushib, "otchet”, "doklad” yoqlashadimi?
Yana bir misol, nima sabab bu qo`shiq chiqdi? Qiz bola bokira bo`lgani bilan, hayoli-fikri "allam-balo”.
Uylangan erkaklarning boshini aylantirib, oila baxtini chil-parchin qilib ketgalar son mingta. Qo`shnimning yaqin dugonasi bor edi. O`zidan ancha yosh katta erkak bilan yurardi. Haqiqatda chiroyli kiyinar, eng oxirgi kosmetikalar buning qo`lida. "Yigit”idan berkitib, Koreyecga erga tegdi. Chet elga qochib ketganidan so`ng, nafsini quli bo`lgan "yigit”iga qo`shni dugonam telefonda hammasini ochiq oydin aytdi. Qolganidan xabarim yo`q. BIlganim shuki, oradan vaqt o`tib eri bilan ajrashibdi. Koreyada ish izlab qolibdi.
Qo`shni dugonam ham koreyecga turmushga chiqdi. Baxti to`kis bo`lmadi. Eri avariyaga uchrab, u Toshkentga qaytib keldi. Bir-bir suhbatlashib qolsak, kuyinib aytadi:
- Anosh, qiz bola qizlik davrida nima niyat qilsa, ro`yobga chiqarkan. Niyatingni xolis qilib Xudo hohlasa, yaxshi joylarga kelin bo`lib tush. Nega desang, esingdami men pul-pul deb…qanaqa niyatlar qilgandim. Mayli baxtli bo`lmay, ammo chet el ko`ray, jaraq-jarq pulim bo`lsin, uyim koshona, tagimda inomarka. Hammasiga erishdim, ammo baxtim yo`q… … …
Haqiqatda orzu-havas ketida nimaga erishyapmiz o`zi? Oddiygina kamsuqumgina yashasak Xudo hohlasa boy bo`lsam unday qilaman, bunday qilaman… Alloh ham beradi, bir kuni beradi o`sha boylikni. Yaxshi yo`lda tejasangiz bir necha karra qaytar, lekin odam o`ldirishgacha borishyapti… Qimorga kirib ayolini yutqazib qo`yishyapti… Boylik so`rasangiz, insofni ham qo`shib so`rang!
Alloh hech birimizning taqdirimizaga befarq emas. Biz so`raganimizni u boylikmi, insofmi, sabrmi, xotinmi so`raganizmizda emas, tayyor bo`lganimizda hammasiga yetkazadi Insholloh! Qabih yo`lda yurganlarga ham, savob yo`lga yurganlarga ham ajr-mukofatini tayyorlab qo`yadi. Bu dunyoni deb u dunyoni, u dunyoni deb bu dunyoni unutmang…
Yigit hayotda birinchi marta, bir qizni haqiqatda sevib qoladi. Hammasi yaxshi. Ikki taraf rozi. Medicina ko`rigidan o`tishayotganida, yigitning qonidan "SPID” chiqadi. To`y qaytariladi. Qancha umri qolgani faqat Xudoga ayon edi…
Aslida esa, yoshligida nafsiga qarshi chiqolmay, ko`cha xandon, uy zindon. KO`chada oy, uyda ilon ko`rgan yigitlar toifasidan bo`lib chiqadi, haqiqatda sevganida esa… Qilgan ishi uchun javob berish kunlari yaqinlashib qolgandi…
Har kim, har kimga xiyonat qilishi mumkin. Har kim birovning ko`ziga cho`p tiqishi mumkin. Ammo Yaratgan kechirimli. Tavbamizga tayanganimizda kechiradi. Kerak bo`lsa yig`latadi…
Romeo va Juletta, umuman bir-birini juda ham kuchli sevganlar nega birga bo`la olisholmaydi? Sababi, bir-birini ko`rganda Yaratganni esdan chiqarishadi. Seviklisi u uchun Xudo! Seving, ammo shunday sevingki butun umr baxtli bo`ling. Sevgilingizni Alloh uchun seving! "Asalim”, "jonim”, "borlig`im” so`zlarini bir yostiqqa bosh qo`yadiganingizga olib qo`ying. To`g`ri kelgan qiz, yigitga sevgi izhor qilib, muhabbatni toptamang! Yengiltaklik boshqa, haqiqiy muhabbat boshqa. Umringizni oxirigacha suyukligingiz bilan birga bo`lish barchangizga nasib aylasin. Xonadoningizdan yosh bolalarning kulgisi arimasin. Hovlidan kirib kelgan odam uyingizni fayziga havas qilib "Barakallo”, desin! Ko`z ochib yumganingiz bilan birga bo`lgan damlaringiz, farishtalar to qiyomatgacha sizga istig`for aytishsin Insholloh! Salomat bo`linglar. Diqqatingiz uchun tashakkur!
Категория: QIZIQARLI MALUMOTLAR | Просмотров: 1204 | Добавил: nonadekadmin | Рейтинг: 0.0/0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]