Главная » 2012 » Февраль » 13 » Shu kecha xayolim yana sen olding
10:52
Shu kecha xayolim yana sen olding
www.bekorchi.uzHayot davom etaverarkan…

Soniyalar daqiqalarga, daqiqalar soatlarga, soatlarlar kunlarga, kunlar oylarga , oylar esa yillarga aylanaverarkan… Hamma hamma narsa kelib ketaverarkan…

Lekin…

To tirik ekansan sevgi yurakda yashayverarkan… Ilk muhabbat sog’inchi kechalar qalbingni tirnayverarkan…



Kunlar o’tdi, o’tdi beshavqat yillar

Qalbimda sevgingla yolg’iz qolding

Yolg’on ersa agar barcha sevgilar

Shu kecha xayolim yana sen olding



Oydin kecha. Xiyobonda bir o’zim, Sensiz yolg’iz sayr qilmoqdaman…

Yo’q yolg’iz emasman… Xotiralar ham men bilan birga… Yaxshiyam shular bor bo’lmasam… Agar sendan shu shirin xotiralar yodgor bo’lib qolmaganida qanday yashardim… Bilmadim…

Sevilmoq – ayrilmoq! Ayrilmoq – sog’inmoq! Sog’inmoq – ko’rishmoq ! Hayot deganlari shumi bilolmadim… Anglolmadim…

Men ham Sevdim, sevildim, ayrildim, sog’indim lek ko’risha olmayman… faqat oydin kechada osmondagi mayus oy qiyofasidan seni axtarib ko’kka termulaman halos…



Sevgini ovunchoq etar beboshlar

Unuttim derkanu yangisin boshlar

O’tmishim eslasam ko’zimda yoshlar

Shu kecha xayolim yana sen olding



Barchasini unutib, yangidan hayot boshlayman deymanu… Lek…

Men uchun yangi sevgilar… Muhabbat to’la qalblar… Bisyordir… Biroq ularni aldagim kelmaydi… Beboshlarcha seni unutib yangi sevgini qalbimga joylagim keladi… Ammo… Qalbimda sen bilan bo’g’liq o’tmish borki, yangi sevgini sig’dirmaydi… Yangidan sevdirmaydi… Seni bir on bo’lsada unutishga yo’l qo’ymaydi…

Men, qalbim va xotiralar har tunda hiyobonda oy nuri ostida sayr qilamiz. Seni eslaymiz…

Mayus oy shulasidan nigohingni izlaymaysiz…



Men uchun sen hamon farqlisan ishon

Har joyda xotirang qalbimda yarang

Seni unutmadim yillardir bir on

Shu kecha xayolim yana sen olding



Endi diydorin nasib etmasligini bilsak ham har tun seni eslayveramiz…. Izlayveramiz…

Hayot davom etaverarkan…

Ammo…

Ilk muhabbat sog’inchi kechalar qalbingni tirnayverarkan…
Категория: SEVGI DUNYOSI | Просмотров: 994 | Добавил: nonadekadmin | Рейтинг: 0.0/0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]