Главная » 2011 » Декабрь » 29 » XIYONATCHI QIZLARNI, YOKI BOSHQACHA AYTGANDA "BEVAFO QIZLAR"NI BILASIZMI ???
02:04 XIYONATCHI QIZLARNI, YOKI BOSHQACHA AYTGANDA "BEVAFO QIZLAR"NI BILASIZMI ??? | |
(Bu mavzu hamma qizlarga emas !!! Gap egasini topadi ...) Ha, bugungi bu
mavzuyim ba'zibir qizlarga atab yozilgan. Demak o'qing ... Sevgi ...
Hayotimizda ulkan o'zgarishlarni yuzaga keltirishga qodir. Sevgining
olamida: "Baxt", "Armon", "Xijron", "Ayriliq", "Sog'inch", "Xiyonat" ...
kabi his-tuyg'ularni ko'rishimiz mumkin. Xo'sh, bu tuyg'ular bizga
qanday ta'surotlarni yoki kechinmalarni taqdim etadi ??? Bu savolga
javobni har kim o'z dunyo qarashidan kelib chiqgan holda javob beradi.
Men bugun bu his-tuyg'ular ichidan juda ham ayanchli, azobli bo'lgan,
kuchli nafrat uyg'otadigan kechinma "Xiyonat" tuyg'usi haqida
gapirmoqchiman. Buni qizlardagi xiyonat bilan boshlashga qaror qildim.
Nimaga deganda yigit kishining xiyonati kechirilishi mumkin, lekin
ayolning xiyonati kechirilmaydi. Nima uchun ??? Chunki ayol zoti
muqaddas hisoblanadi. Bu ish ularga yarashmaydi. Xiyonat sevgan
insonidan ba'zi harakatlarini yashirib, o'zga bilan ham birga bo'lish,
o'z sevimli insoniga qo'rqmay yolg'on gapirishiga aytiladi. E'tibor
bering: shu jihatlarni muqaddas sanalgan qizlar qilishsa ... Bu aqlga
sig'maydi. Xiyonat haqida qizlardan so'rasangiz "Yigitlarni o'zlari
xiyonat qilishadi-ku" - deb javob berishadi ... Iye kechirasizu bu bilan
nima demoqchisiz ??? Hoynahoy bu gaplaringiz bilan - "Sizga mumkinu,
bizga mumkin emasmi ?" iborasini tekizib aytarsiz ? Lekin o'ylab
ko'ring, Yigit kishining yo'rig'i boshqa, Qiz bolaning yo'rig'i boshqa
... Xiyonat qilish sizga yarashadimi ? Muqaddas ayol degan nomiga
loyiqmi shu qilgan ishingiz ? Bizni-ku mayli qo'ya turing. Biroq shu
ishingiz Allohga xush keladimi ? Xiyonat qilishdan avval, hech
bo'lmaganda keyin ham shular haqda o'ylab ko'rganmisiz ? - "Unda
yigitlarchi ?" deysiz. Yigit kishining hissiyotlari bilan o'zingizni
hissiyotlaringizni tenglashtirmang ! Alloh ko'rinishimizni,
fazilatlarimizni o'xshash qilib yaratgani bilan, Aslida dunyo
qarashlarimiz, hissiyotlarimiz umuman boshqa-boshqa ... Yigit kishining
Xiyonatini takidlashdan ko'ra, shu hol o'z hayotingizda ham
bo'lmasligini Allohdan so'rang ! Har kim qilsa o'ziga ! Chunki haq,
nohaqni ko'rguvchi Alloh bor !!! Siz shuni unutmang ! Bundan biron hafta
oldin singlimni tug'ilgan kunini nishonladik. Singlim 18 yoshda. Uning
15 ga yaqin dugonalari ham kelishdi. Mendan ular compyuter yordamida
qo'shiq qo'yib berishimni so'rashdi. "Xo'p" dedimu ular o'tirgan xonaga
kirib qo'shiq qo'yish uchun tayorgarlik ko'ra boshladim. Xona ancha
katta edi. Men xonaning eng chetida o'tirgandim. Buni qarangki bir qiz
telefonda kim bilandir gaplashayotganini eshitib qoldim. Ishonasizmi
o'sha yerni o'zida 2 ta yigit bilan gaplashdi. Birinchi yigit bilan
gaplashib turganida, ikkinchi yigit qo'ng'iroq qilibdi. Qarasa "Ojidani"
deyapti. Ikkinchi yigit qo'ng'iroq qilayotganini ko'rgan bu qiz
birinchi yigitga yolg'onlarini yog'dira ketdi. - "Voy Jamshid aka
uyimdan qo'ng'iroq qilishyapti. Men sizga sal turib o'zim qo'ng'iroq
qilaman xo'p." dedi ... Avvaliga men ham "rostdan uyidan qo'ng'iroq
qilishyapti, u bola yigiti bo'lsa kerak" deb o'yladim. So'zlarini
eshitardim-u, lekin sezdirmay compyuterni sozlamalarini tekshirib
o'zimni eshitmaganga olardim. Shu tariqa birinchi yigitni yolg'oniga
ishontirdi. Keyin "Ojidaniyada" turgan yigit bilan gaplasha boshladi.
Yigit nima deyayotgani eshitilmasdiyu lekin qizning gaplari yaqqol
eshitilardi. - "Voy Elyor aka kechiring. Oyim bilan gaplashayotgandim.
Hozir buvimlanikida edila. Shunga biroz suhbatlashdik. Uzr kutdirib
qo'ydim ..." dedi ... Buni eshitganimga ishonmadim. Jamshid aka, endi
esa Elyor aka ... Astag'firilloh ! Qo'shiqlar ketma-ketligini tayorlab
xonadan chiqib ketdim. Shu gaplarni qiz bola gapirib, qilayotganiga
ishongim kelmasdi. Nahotki bu qiz ...... Qaysidir yigitni qalbi bundan
qanchalik vayron bo'lishi uning sira xayoliga kelmasdi. Go'yo u
gaplashib, bundan huzur qilayotgandek edi. Bu xiyonatmi ? Yoki qabixlik ?
Aslida u qiz kim ? Nega bunday qilyapti ? Balki foxishadir deb o'yladim
... Yo'q, yo'q u qiz foxishaga o'xshamasdi. Keyin surishtirib bilishga
harakat qildim. Singlimdan u qiz kimligini, telefon nomerini bilib
berishini so'radim. Bildim ham, telefon nomerini ham oldim. Ha u qiz
rostdan ham foxisha emas ekan. Qo'ng'iroq qilib tanishishni taklif
qildim. Rad etdi ... Ammo bora-bora gaplashib do'stlashib oldik. Biroz
vaqt gaplashib yurdik. Uni uchrashuvga taklif qildim. Rozi bo'ldi ...
Uchrashuv kuni kelganda o'zim bormadim-u o'rnimga bir og'aynimni
yubordim. Og'aynim bilan ko'rishgan. Keyin menga og'aynim "u qizni 2
oydan so'ng to'yi bo'layotgan ekan" deb aytdi. Shu o'rinda savol
tug'iladi. To'yi bo'lishi kutilayotgan bu qiz yaqinda turmush o'rtog'i
bo'lishini bila turib nega begonalar bilan do'stlashib, uchrashuvga
chiqyapti ? Axir bu gaplashib yurgan yigitiga nisbatdan Xiyonat emasmi ?
Hozir shunday yo'l tutayotgan bu qiz ertaga qanday qilib oilasiga,
eriga vafodor bo'lishi mumkin ? Ertaga turmush qurgandan so'ng ham eriga
xiyonat qilmasligiga kim kafolat beradi ??? Eh, shunaqa qizlar ham bor
ekanda ... "Do'st sifatida gaplashib yurgandir balki" dersiz. Yo'q,
unday emas. E'tibor bering: O'sha uchrashuvga chiqgan og'aynim uni
qo'lidan ham ushlagan. Kim biladi deysiz bu bilan cheklanib qolmagandir
... Vaholangki begona yigitga qo'lini tutqazgan bu qiz o'zi bilmagan
holda gunohga ham botyapti ... Ha, ayni kunga kelib qizlarning xiyonati
ham tobora avj olmoqda. Telefonda uyalmay yigitlar bilan behayo gaplar
bilan gaplashib o'tirishadi. Qizlar nahotki Allohni unitib qo'yishgan
bo'lsa ? ... Nima bo'lganda ham qiz bola xiyonat qilmasin ekan ... Qiz
bolaga bunday qilish yarashmaydi. Ayol kishi olilaning ildizi, bezagi,
yana bir bor aytaman muqaddas kishisidir !!! Bu hayotda o'z ota-onangiz,
do'stlaringiz, sevimli yoringiz, farzandlaringiz bilan baxtli
oilalalardan biri bo'lib yashashga nima yetsin ! Xulosani har kim o'z
dunyo qarashidan kelib chiqgan holda chiqaradi. Aytmoqchi bo'lganim:
Qizlar mayli xiyonat qilgan insoningizdan nafratlaning. Lekin sevimli
insoningizga yuzaki qarab siz xiyonat qilmang ! Bu aslo sizga
yarashmaydi ! To'g'ri yo'ldan adashmang inshaolloh ! Allohim hammamizni
o'z panohida asrasin !!! Hurmat bilan Otabek 6002 ... Qosh qoqasiz yigitlarga, Sohta tabassumlar qilib. Uchrashasiz ular bilan, So'ng olasiz ilintirib. Sevdim kuydim o'ldim deysiz, Aslidachi ? Sevolmaysiz ... Yigitlarni birin ketin, Almashtirmay turolmaysiz. Siz ularni ahmoq qilib, Bir umrga yurolmaysiz. Bir kun sevarsiz yurakdan, Kelishgan bir yigitni. Tinch turolmay qolasiz, O'ylab o'shal yigitni. Yigit sizni sevmasachi, Ayting nima qilasiz ? Shunda chinakamiga, Dard alamdan yonasiz ! Siz aldagan yigitlar, Holin shunda bilarsiz ... | |
|